Viloyat statistika boshqarmasi ishbilarmonlik muhiti kuzatuvi va tadbirkorni rivojlantirish statistika bo‘limi boshlig‘i S.Farmonov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi kunida qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli qonunining mazmun mohiyati to‘g‘risida gapirib davlat statistika organlari huquqlar to‘g‘risida tushintirib davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, banklardan hamda boshqa tashkilotlardan statistika kuzatuvi shakllarini olish va statistika kuzatuvi ma’lumotlaridan statitsika maqsadida foydalanish, statistik birliklar faoliyatining statistika kuzatuvlarini o‘tkazishi va olingan birlamchi ma’lumotlardan statitika maqsadlarida foydalanish, jismoniy shaxs bo‘lgan respondentlarni statistika kuzatuvlarida ishtirok etganligi uchun rag‘batlantirishni amalga oshirish, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish, ularni umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlanishining zamonaviy usullari va vositalaridan foydalanish hamda ularni milliy statistikatizimiga joriy etish, statistika hisobotlarni taqdim etish tartibini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo choralarini qonungaa muvofiq o‘z vakolat doirasida qo‘llashi hamda qongunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkinligini tushintirib o‘tdi.
Boshqarma boshyuristkonsulti O‘.SHodiev tomonidan o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi kunida qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli qonunining mazmun mohiyati to‘g‘risida gapirib mazkur qonun 2021 yil 7 mayda qonunchilik palatasi tomnidan qabul qilinganligini, 2021 yil 26 iyunda Senat tomonidan maxqullanlanligini, 2021 yil 11 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomoindan imzolanganligini aytib, mazkur qonun 7 bob 41 moddadan iboratligini O‘zbekiston Respublikasida rasmiy statika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishini tushintirdi.
SHuninngdek O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» O‘RQ-419-sonli Qonunining maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratligi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanilanilishini aytdi, so‘zini davom ettirib, korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatatishi, korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatligi, mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazishi, inson huquqlarini buzilishiga olib kelishi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilishi, hayot sifatini yomonlashtirishi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib berishini, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchrashini, bu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayotganligini aytdi.