Statistika Boshqarmasi boshlig‘i U.O.Djumanazarov «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» qabul qilingan qonunlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida xodimlarga tushintirish berib o‘tdi. Vatanimizning ravnaqi, xalqimizning faravonligiga, iqtisodiyotimizning rivojlanishiga g‘ov bo‘layotgan shuningdek qator sohalarning oqsashiga, qolaversa yurtimiz rahbariyati va qator fuqarolarimizning o‘rinli e’tirozlariga sababchi bo‘layotgan korrupsiya degan isqirt illatning har qanday ko‘rinishiga qaqshatqich zarba berish har qanday ko‘rinishdagi faoliyatiga chek quyib ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlar to‘liq o‘rganilib ularga barham berish davlatimiz rahbarining talabi ekanligini bayon qildi.
Buxoro viloyati statistika boshqarmasida jamoada korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda har bir jamoada sog‘lom muhit hamda xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashda murosasiz munosabatini shakillantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda korrupsiyani oldini olish maqsadida har bir xodim o‘ziga ayon bo‘lgan korrupsiyaviy jarayonlar to‘g‘risida o‘z vaqtida statistika idoralari rahbariyatiga xabar berishi lozimligi yig‘ilish davomida tushuntirib, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda qabul qilinayotgan yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish orqali xodimlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni munatazam o‘tkazib borish zarurligi ham takidlab o‘tildi.