Respublikamizda joriy yilning 1-oktabr holatiga sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 109 527 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 105,7 %ni tashkil etdi.
So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:
2019-yilda – 71 670 ta
2020-yilda – 85 278 ta
2021-yilda – 99 034 ta
2022-yilda – 103 575 ta
2023-yilda – 109 527 ta