Statistika Boshqarmasi boshlig‘i U.O.Djumanazarov «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» qabul qilingan qonunlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida xodimlarga tushintirish berib o‘tdi. Vatanimizning ravnaqi, xalqimizning faravonligiga, iqtisodiyotimizning rivojlanishiga g‘ov bo‘layotgan shuningdek qator sohalarning oqsashiga, qolaversa yurtimiz rahbariyati va qator fuqarolarimizning o‘rinli e’tirozlariga sababchi bo‘layotgan korrupsiya degan isqirt illatning har qanday ko‘rinishiga qaqshatqich zarba berish har qanday ko‘rinishdagi faoliyatiga chek quyib ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlar to‘liq o‘rganilib ularga barham berish davlatimiz rahbarining talabi ekanligini bayon qildi.
Buxoro viloyati statistika boshqarmasida jamoada korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda har bir jamoada sog‘lom muhit hamda xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashda murosasiz munosabatini shakillantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda 2023- yilning 27- sentyabr kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i B. Melikmurotov tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir avvalida B. Melikmurotov boshqarma xodimlarini O’zbekiston Respublikasining 2017- yil 3- yanvarda qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O’RQ-419-sonli Qonunining mazmun-mohiyati bilan tanishtirib, tizim xodimlari kundalik ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaviy holatlarga o‘zining murosasiz munosabatini bildirishi lozimligini alohida ta’kidladi.
Shu bilan bir qatorda korrupsiyani oldini olish maqsadida har bir xodim o‘ziga ayon bo‘lgan korrupsiyaviy jarayonlar to‘g‘risida o‘z vaqtida statistika idoralari rahbariyatiga xabar berishi lozimligi yig‘ilish davomida tushuntirib, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda qabul qilinayotgan yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish orqali xodimlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni munatazam o‘tkazib borish zarurligi ham takidlab o‘tildi.
Tadbir so‘nggida boshqarma boshlig‘i U.Djumanazarov boshqarma miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, barcha xodimlar orasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakillantirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilayotganligi, tadbirkorlik sub’ektlari bilan ham bu borada tushuntirish ishlari izchil olib borilayotganiga to‘xtalib o‘tdi.
O’z navbatida Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i B. Melikmurotov tadbirkorik sub’ektlarini qabul qilish uchun boshqarmada kamera bilan jihozlangan alohida xonani tashkil etish, boshqarma va tuman (shahar) statistika bo‘limlarini ishonch raqamlari ko‘rsatilgan bannerlar bilan to‘liq jihozlash yuzasida topshiriq berib, ishni qisqa muddatda tashkil etishga oid o‘zining tavsiyalarini bildirdi.