Buxoro viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yilning yanvar-iyunida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 264,0 million AQSH dollarini yoki jami importning 44,5 % ini tashkil etdi.
2026- yilning yanvar-iyunida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jami importga nisbatan eng yuqori ulushi Romitan tumanida – 100,0 %, Jondor tumanida–100,0%, Vobkent tumanida–100,0 %, Shofirkon tumanida – 99,7 % va Qorako‘l tumanida–96,4% ni tashkil etdi.



