Respublikamizda 2023-yilning yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 53 177 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 20 436 ta
sanoat sohasida – 8 941 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 6 132 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 482 ta
qurilish sohasida – 2 962 ta
tashish va saqlash sohasida – 2 569 ta
axborot va aloqa sohasida – 1 790 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 847 ta
boshqa sohalarda – 6 018 tani tashkil etgan.