2023-yilning yanvar-iyul oylarida aloqa va axborotlashtirish (123,6 %), ta’lim sohasidagi (122,6 %), moliya (121,1 %) xizmatlarida yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining kamayishi me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda qayd etildi (4,4 %ga).
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 123,6 %;
Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 122,6 %;
Moliyaviy xizmatlar – 121,1 %;
Boshqa xizmatlar – 112,4 %;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 110,0 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 109,8 %;
Transport xizmatlari – 108,5 %;
Savdo xizmatlari – 107,6 %;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –106,2 %;
Shaxsiy xizmatlar – 104,8 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 103,9 %;
Ijara xizmatlari – 101,0 %;
Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 95,6 %.