Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023- yilning 1- avgust holatiga ko'ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning soni 295 tani, shundan qo'shma korxonalar 164 ta va xorijiy korxonalar 131 tani tashkil etmoqda.
2023- yilning 1- avgust holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning sohalar bo'yicha soni:
Sanoat - 112 ta
Savdo - 92 ta
Qurilish - 24 ta
Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi - 16 ta
Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar - 17 ta
Axborot va aloqa - 5 ta
Tashish va saqlash - 8 ta
Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko'rsatish - 5 ta