2023- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli bosh soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 31,0 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 1 309,3 ming boshga yetdi.
Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizdagi jami yirik shoxli bosh sonining 90,5 % I dehqon va tomorqa xo‘jaliklar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yirik shoxli qoramollar umumiy bosh sonining eng asosiy ulushi quyidagicha:
G‘ijduvon tumani – 11,8 %
Qorako‘l tumani – 11,3 %
Shofirkon tumani – 11,1 %
Jondor tumani – 10,3 %