O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3-yanvar kunidagi O‘RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan talab vazifalarni Davlat statistika qo‘mitasi tizimida ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat hokimi, korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi B.Zaripov tomonidan 2022-yil 8-oktabr kuni tasdiqlangan 1\6581-19-sonli 2022- yil oktabr-dekabr oylarida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida targ‘ibot tadbilarini o‘tkazish jadvaliga asosan viloyat statistika boshqarmasida o‘tkazilgan seminar yigilishini statistika boshqarmasi birinchi o‘rinbosari Sh.U.Yusupov jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bayon qilib o‘quv mashg‘ulotini ochib berdi.
Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi yetakchi maslahatchisi Rahmonov Behzod Baxshilloyevich Hukumatimiz tomonidan vatanimizning ravnaqi, xalqimizning faravonligiga, iqtisodiyotimizning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan qator sohalarning oqsashiga, qolaversa yurtimiz rahbariyati va qator fuqarolarimizning o‘rinli e’tirozlariga sababchi bo‘layotgan korrupsiya degan isqirt illat bunday ko‘rinishdagi qonunbuzarliklarning har qanday ko‘rinishidagi faoliyatiga chek qo‘yib ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlar to‘liq o‘rganib ularga barham berish maqsadida mazkur qonun o‘z vaqtida juda to‘g‘ri qabul qilinganligini aytdi.
Xodimlar tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkinligi bildirildi. Xulosa o‘rnida Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha yakuniy fikr va mulohazalar bildirildi.