2023-yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida 12,3 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 6,7 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 54,3 %ni tashkil etdi.
Mashina, asbob, uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 4,5 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 36,6 %) hamda boshqa xarajatlar 1,1 trln. soʻmni (9,1 %) tashkil etdi.