14/08/2023

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 243,2 ming tonna poliz ekinlari yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 105,8 % ni tashkil etdi.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan poliz ekinlari umumiy hajmining 40,8 % i fermer xoʻjaliklariga, 55,3 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 3,9 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech