2023-yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyati boʻyicha 4 493,9 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 3 045,5 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 67,8 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 961,8 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 21,4 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 486,6 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 10,8 % ni tashkil etdi.