02/08/2023

O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3-yanvar kunidagi O‘RQ-419-sonli  “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan talab vazifalarni  ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2023- yil 3-iyul kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” O‘RQ-850-son qonuni bo‘yicha viloyat statistika boshqarmasida o‘tkazilgan o‘quv seminar yig‘ilishi mashg‘ulotini statistika boshqarmasi boshlig‘i U.O.Djumanazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Boshqarma boshilig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Yusupov tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan talablar  haqida  yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berib vatanimiz  iqtisodiyotimizning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan va ayrim sohalarning oqsashiga, qolaversa yurtimiz rahbariyati va qator fuqarolarimizning o‘rinli e’tirozlariga sababchi bo‘layotgan korrupsiya degan isqirt illatning har qanday ko‘rinishdagi  faoliyatiga chek quyib ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlar to‘liq o‘rganib ularga barham berish maqsadida mazkur qonun o‘z vaqtida juda to‘g‘ri qabul qilinganligini aytdi.

Boshqarma boshilig‘ining o‘rinbosari K.Kamolov “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” 2017-yil 3-yanvar kunidagi O‘RQ-419-sonli qabul qilingan qonun jamiyatimizning barcha jabhalarida korrupsiyaga barham berishni aniq belgilab berilgan, qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishlari va sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishi holatlarini oldini olish borasida doimiy ravishda joylarda maxsus o‘quv seminarlar, davra suhbatlari va tushuntirish ishlarini doimiy ravishda davom ettirish  zarurligini bayon qildi.

Boshqarma bosh yuristkonsulti O‘.Shodiyev  2023 yil- 3-iyul kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” O‘RQ-850-son qonuni to‘g‘risida tushintirish berib, mazkur qonun 2023-yil 14-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2023- yil 2- martda ma’qullangan bo‘lib 9 bob 49 moddadan iboratdir, qonunning maqsadi tovar yoki moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitida iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni nazorat qilishni amalga oshirish hamda ularga chek qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligini bayon qildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech