21/07/2023

Ushbu tadbir mehmoni Buxoro viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi huzuridagi “Oqila ayollar” harakati boshlig‘I, Buxoro davlat Universiteti agronomiya va biotexnologiya fakulteti dekani Artikova Xafiza To‘ymurodovna hamda Ma’naviyat va Ma’rifat markazi targ‘ibotchisi, Inson huquqlarini himoya qilish Buxoro viloyati kuzatuvchisi, “Oqila ayollar” harakati a’zosi Munira Qurbonova davra suhbati davomida global muammolar mavzusini tizim xodimlari bilan muhokama qildi. Yangi texnologiyalar asriga xos bo‘lgan ba’zi bir buzg‘unchi programmalarning, diniy oqimlarning yoshlar tarbiyasidagi salbiy ta’siri, yosh avlodning mobil qurilmalarga tobe bo‘lib qolishi kabi mavzularda fikr almashindi. Undan tashqari tizimda mehnat qilayotgan ayollar bilan “Oqila ayollar” harakati faoliyati to‘g‘risida, ayollarning jamiyat hayotida, oila muhitidagi muhim roli haqida gapirib o‘tildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech