2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 595 tani tashkil etib, 2023-yilning yanvar-iyun oyida bu sohada 740 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Hududlar kesimida ushbu sohada faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagicha taqsimlangan:
Toshkent shahri – 2 006 ta
Farg‘ona viloyati – 1 162 ta
Samarqand viloyati – 974 ta
Andijon viloyati – 962 ta
Toshkent viloyati – 866 ta
Qashqadaryo viloyati – 789 ta
Buxoro viloyati – 787 ta
Namangan viloyati – 680 ta
Xorazm viloyati – 593 ta
Qoraqalpog‘iston Resp. – 470 ta
Surxondaryo viloyati – 437 ta
Navoiy viloyati– 351 ta
Jizzax viloyati – 328 ta
Sirdaryo viloyati – 190 ta