O’zbekistonda 2023-yilning 1-iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 417 562 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 413 569 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahrida – 82 502 ta
Toshkent viloyatida – 38 360 ta
Samarqand viloyatida – 37 422 ta
Farg‘ona viloyatida – 35 896 ta
Qashqadaryo viloyatida – 30 810 ta
Buxoro viloyatida – 26 568 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 154 904 ta
sanoat sohasida – 69 705 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 38 882 ta
qurilish sohasida – 34 112 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 27 325 ta