2023-yilning 1- iyun holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 70 611 ta bo‘lib, ular jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 6,8 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan 69 705 tasi kichik biznes subyektlaridir.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Toshkent shahrida – 11 434 ta
Farg‘ona viloyatida – 8 006 ta
Toshkent viloyatida – 7 208 ta
Samarqand viloyatida – 6 276 ta
Andijon viloyatida – 6 019 ta
Namangan viloyatida – 5 166 ta
Qashqadaryo viloyatida – 4 297 ta
Buxoro viloyatida – 4 140 ta
Xorazm viloyatida – 3 925 ta
Surxondaryo viloyada – 3 287 ta
Navoiy viloyatida – 3 266 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 3 259 ta
Jizzax viloyatida – 2 751 ta
Sirdaryo viloyatida – 1 577 ta