2023-yilning yanvar-aprel oylarida Buxoro viloyati boʻyicha 2 248,7 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 1 575,1 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 70,0 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 337,4 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 15,0 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 336,2 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 14,9 % ni tashkil etdi.