2023-yilning yanvar-fevral oylarida yashash xizmatlari hajmi 288,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Yashash xizmatlarining barcha turlari orasida mehmonxona xizmatlari eng koʻp talabga ega. Ushbu xizmat turining yashash xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 85,8 foizni yoki 247,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi.