Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, MCHJ va xususiy korxonalardan keyin - uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2023-yil 1-aprel holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 9,8 foiz ulushini tashkil etdi. Ularning dinamikasi esa so‘nggi yillarning mos davriga quyidagicha:
2019- yilda – 18 634 ta
2020- yilda – 30 904 ta
2021- yilda – 45 932 ta
2022- yilda – 54 026 ta
2023- yilda – 47 378 ta