14/04/2023

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Buxoro viloyati statistika boshqarmasi xodimlari uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Dasturxon atrofida mamlakatimizda yuz berayotgan beqiyos o‘zgarishlar, xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar, joylarda keng quloch yozayotgan milliy qadriyat va an’analarimizning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni singari mavzularda dildan suhbatlashildi.

Ramazon oyi Qur’oni karim barokati, go‘zal xulqning fazilatlari bilan ziynatlangan muqaddas oydir. Bu ulug‘ oyda qilanajak duolar ijobat bo‘ladi, ibodat va xayrli amallarning ajri yuksaladi. Nafs turli illatlardan tozalanib, qalb poklanadi. E’tiborlisi, ushbu muborak oyda elimizning asrlar osha sayqallashib kelayotgan mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi xislatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.

Yaratgannning chinakam mehri tushgan, to‘rt fasli xislatli, fazilatli, mehr-oqibatli insonlarga boy, betakror O‘zbekistonning tinchligi va barqarorligiga shukronalik bildirib, duo qildilar.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech