Asrlar osha shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida, Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida, boshqarmamizda 18- mart kuni umumxalq hashari o‘tkazildi. Hashar tadbirlari Buxoro viloyati statistika boshqarmasi tizimida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Shundan so‘ng, barcha xodimlar o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzlorlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.
Hashar davomida uchastkalarda уerlarni chopish, daraxtlarga shakl berish, bardyurlarni oqlash, supurish, chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish ishlari qizg‘in amalga oshirildi. Shuningdek, boshqarma binosidagi eshik-derazalarni artish kabi bir qator ishlar bajarildi.
Hashar elga yarashar, deydilar. Barchanging yuz-ko‘ziga boqar ekansiz, ularda ulug‘ ayyom arafasidagi ko‘tarinki ruh, bayramona kayfiyat mujassam ekanligini yurakdan his etasiz.
O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, boshqarma hovlisi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltrildi