13/02/2023

2023- yilning yanvar oyida respublika boʻyicha 18 032 ta nikoh tuzish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Bu koʻrsatkich hududlar kesimida tahlil etilganda har 1000 nafar aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti Xorazm viloyatida 12,6 promilleni tashkil etib, eng yuqori hamda Toshkent shahrida 3,6 promilleni tashkil etib eng past ekanligi kuzatildi.

Hududlar kesimida nikohlar koeffitsiyenti:

Xorazm - 12,6 promille

Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 8,1 promille

Surxondaryo - 7,9 promille

Buxoro - 7,5 promille

Qashqadaryo - 7,1 promille

Samarqand - 5,6 promille

Andijon - 5,2 promille

Sirdaryo - 4,7 promille

Fargʻona - 4,7 promille

Namangan - 4,6  promille

Jizzax - 4,3 promille

Navoiy - 4,2 promille

Toshkent - 3,8 promille

Toshkent shahri - 3,6 promille.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech