13/02/2023

Oʻzbekistondan 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 78,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 316,7 ming dona muzlatgich ekport qilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida muzlatgichlar eksporti 2021- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 130,9 foizga (74,8 ming donaga) koʻpaygan.

Oʻzbekiston 2022- yil mobaynida eng koʻp muzlatgich eksport qilgan davlatlar:

Rossiya  – 105,3 ming dona            

Qozogʻiston – 104,7 ming dona

Tojikiston – 63,7 ming dona

Qirgʻiz – 21,1 ming dona

Boshqa davlatlar- 21,9 ming dona.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech