2022- yil yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida YAHM 45 797,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 4,4 % ga o‘sdi. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,6 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 44,7 %), sanoatda 106,2 % (18,0 %), qurilishda 100,2 % (8,2 %) va xizmatlarda 105,5 % (29,1 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 2,8 % ga o‘sdi va 22 975,6 ming so‘mni tashkil etdi.