Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 5 232,8 ming nafar chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda safar qilgan.
Shundan, 0-18 yoshdagilar 723,3 ming, 19-30 yoshdagilar 846,5 ming, 31-55 yoshdagilar 2593,4 ming, 56 yosh va undan kattalar esa 1069,6 ming nafarni tashkil etadi.
Turistik maqsadlarda safarga kelgan chet el fuqarolari orasida eng yuqori ulush 49,5 % bilan 31-55 yoshdagilarga toʻgʻri kelmoqda.