O’zbekistonda 2023-yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 527 222 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 523 556 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahrida – 106 071 ta
Toshkent viloyatida – 49 145 ta
Samarqand viloyatida – 47 943 ta
Farg‘ona viloyatida – 46 350 ta
Andijon viloyatida – 39 038 ta
Qashqadaryo viloyatida – 36 421 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 182 198 ta
sanoat sohasida – 97 911 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 53 199 ta
qurilish sohasida – 46 637 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 36 645 ta