20/01/2023

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 633,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 1,2 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 8,5 % ga yetdi va o‘tgan yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 0,3 foiz punktga kamaydi va 2018- yilning mos davriga nisbatan esa 0,4 foiz punktga o‘sdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech