2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 592 371 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,0 foizga oshganligi va shu bilan birga 89,0 foizini (527 222 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Toshkent shahrida – 117 812 ta
Toshkent viloyatida – 55 472 ta
Samarqand viloyatida – 54 163 ta
Farg‘ona viloyatida – 52 746 ta
Andijon viloyatida – 44 658 ta
Qashqadaryo viloyatida – 41 612 ta
Namangan viloyatida – 36 914 ta
Buxoro viloyatida – 33 686 ta
Surxondaryo viloyatida – 31 427 ta
Xorazm viloyatida – 28 904 ta
Qoraqalpog‘iston Resp. – 26 692 ta
Jizzax viloyatida – 25 847 ta
Navoiy viloyatida – 25 179 ta
Sirdaryo viloyatida – 17 259 ta