2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,8 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 103,4 % ni, sanoat – 106,6 % ni, qurilish – 101,2 % ni, xizmatlar sohasi – 106,6 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 108,5 % ni tashkil etdi.