2022- yil yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 3 605,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Eng muhimi, ushbu xizmat turi Toshkent shahrida talab nisbatan yuqori bo‘lib, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 16,7 %ni (603,0 mlrd. so‘m) tashkil etdi. Shu bilan birga, Toshkent (536,2 mlrd. so‘m yoki ushbu xizmatlar umumiy hajmining 14,9 %) va Farg‘ona (429,9 mlrd so‘m yoki 11,9 %) viloyatlarida ham ko‘rsatkich ancha yuqori.
Eng kam hajm Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 60,0 mlrd. soʻm (avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va mototsikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar umumiy hajmining 1,7 %).
Hududlar boʻyicha avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va mototsikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi, mlrd. soʻm:
O‘zbekiston Respublikasi – 3 605,8
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 130,7
Andijon – 341,9
Buxoro – 202,7
Jizzax – 113,4
Qashqadaryo – 194,8
Navoiy - 162,3
Namangan – 159,6
Samarqand – 359,1
Surxondaryo – 151,8
Sirdaryo – 60,0
Toshkent – 536,1
Farg‘ona – 429,9
Xorazm – 160,6
Toshkent shahri – 602,9