Mamlakatimizda 2022- yilning 1-dekabr holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20 543 ta boʻlib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,5 foizini (588 823 ta) tashkil etdi. Shunda ularning soʻnggi besh yildagi oʻsish dinamikasi quyidagi koʻrinishda aks topdi:
2018-yilda – 13 259 ta
2019-yilda – 15 366 ta
2020-yilda – 17 163 ta
2021-yilda – 18 195 ta
2022-yilda – 20 543 ta