Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Joriy yilning 1-dekabr holatiga respublikamizda 2018- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 174,0 foizni tashkil etdi. So’nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
2018- yilda – 56 417 ta
2019- yilda – 70 420 ta
2020- yilda – 82 682 ta
2021- yilda – 90 417 ta
2022- yilda – 98 170 ta