09/12/2022

ASSALOMU-ALYeYKUM HURMATLI YIG’ILISh QATNAShChILARI.

 Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 2-martda qabul qilingan, 2022 yil 28-mayda Senat tomonidan ma’qullangan 2022 yil 8-avgust kunida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O’RQ-778-son qonunining mazkur qonun 64 moddadan iborat bo‘lib mazkur qonun bugundan e’tiboran kuchga kirdi, Bugingi o‘quv-seminar-yig‘ilishimiz mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini to‘g‘risida davlat fuqarolik xizmatchisi maqomiga ega bo‘lgan har bir xodim o‘z ustida jiddiy ishlagan holda qonun talablarini so‘zsiz bajarishi lozim. Mazkur qonunni chuqur o‘rganish maqsadida qo‘shimcha o‘quv-seminar mashg‘uloti tashkil qilindi, o‘kuv-seminar mashg‘ulotini ochiqligini e’lon qilaman, mashg‘ulot davomida yig‘ilish qatnashchilari tomonidan savollar yoki biror tushunmovchiliklar bo‘lsa o‘z o‘rnida savollarga javob va tushunmovchiliklarni mazkur qonun orqali yechimi topamiz.

2022 yil 8-avgust kunida  qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O’RQ-778-son qonunining 10 bobdan 64 moddadan iborat bo‘lib hukumatimiz tomonidan ayni juda zarur vaqtda to‘g‘ri qabul qilingan qonun bo‘lib hisoblanadi. 2022 yil 8-noyabr kunidan mazkur qonunning 64-moddasida kuchga kirishi to‘g‘risida belgilab qo‘yilgan.

Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida iboratdir.

“Davlat fuqarolik xizmatchilarining ushbu qonun bilan tartibga solinmagan mehnatga oid munosabatlari O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.

Qonunida belgilangan talab vazifalarni ijrosini amalga oshirish hamda   davlat fuqarolik xizmatchisi maqomiga ega bo‘lgan har bir xodimning  huquqiy madaniyatni yuksaltirib ularning jamiyatimiz fuqoralariga o‘rnak bo‘lishlari kerak, davlat fuqarolik xizmatchisi vakolatlari bo‘yicha lozim darajada amalga oshirish zarur bo‘lgan bilimlar, tajribalar, malakalar va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

Davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi, qonunniylik,

Adolatlik,

 Xalqqa xizmat qilish

davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat xamda fuqarolar oldida ma’sulligi,

Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi,

ochiqlik va shaffoflik,

xolislik, proffionallik va kompetentlik,

davlat fuqarolik xizmatiga kirishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning teng huquqliligi,

davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari

Davlat fukarolik xizmatini rivojlantirish va takomillatirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi taaluqligi bo‘yicha davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi hamda qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

 O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari:

Vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining  va boshqa davlat boshqaruvi organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi VMning vakolatlariga taaaluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilishini o‘z vakolati doirasida ta’minlaydi hamda ularni tasdiqlaydi, qonunchilik muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirish mumkin.

Maxsus vakolatli davlat organi

-Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi,

-Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqadi  va amalga oshiradi,

-Davlat organlarining kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi,

-Davlat organlari rahbarlariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi,

-Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning ( eng muhim ko‘rsatkichlarga oid) o‘lchanadigan indikatorlar tizimini joriy etadi va ularning natijalarini tahlil qiladi, jamoatchilikning fikrini to‘rganadi hamda davlat organlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirishda ishtirok etadi,

-Kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida qabul qilinishini tashkillashtiradi,

-Davlat fuqaroilk sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etadi va ularni izchil takommilashtirib boradi, davlat fu3qarolik xizmatchilariningshaxsiga doir ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlagan hold aular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi,

-Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy  manfaaatlarini himoya qilishga, shuningdek ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy  jihatdan himoya qilinishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashada,

-Davlat fuqarolik xizmati sohasida chet davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi, mazkur sohada O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishda ishtirok etadi,

-Maxsusu vaklotlari davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vaolatlarni hamamalga oshirishi mumkin,

Davlat organlarining - davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari

Davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi

Kadrlarni saralash va tanlash, davlat fuqarolik xizmatchilarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari berish hamda xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning faoliyatni tashkil etadi,

Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat majburiyatlarining bajarilishini va davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etilishini nazorat qiladi.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining sohasidagi vakolatlari

O’z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning o‘ziga xos xususiyati va murakkabligiga, bajarilgan ishlarning moqdori hamda sifatiga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq hajmda ish haqi olish,

Kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun rag‘batlantirish,

Davlat organining mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mabalag‘lar hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirish,

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibida hamda shartlarda mehnat shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish va shartnomani bekor qilish,

O’z mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim yo‘riqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish,

Mehnatni muhofaza qilish talablariga movrfiq bo‘lgan ish o‘rniga ega bo‘lish,

Ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrimdavlat fuqarolik xizmatchilari uchun qisqartilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari ishlanmaydiganbayram kunlari, shuningdek yillik mehnat ta’tillari berish orqali ta’minlanadigan tarzdadam olish,

Qonunchilik muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish shuningdek davlat pensiya ta’minotini olish,

Davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari( harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish,

Davlat organi rahbarining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish,

Davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari to‘g‘risida xabar bergan tahdirda, davlat himoyasi bilan ta’minlanish,

Xizmatga oid masalar yuzasidan davlat organining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish,

O’zining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat organiningrhbariyati xamda boshqa mansbdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi,

Davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boqa xollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi,

Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini o‘tash vaqtida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi va ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi,

O’zining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullari bilan himoya qilish,

Davlat fuqarolik masalalari yuzasidn maxsus vakolatli davlat organiga murojaaat qilish,

O’zining shaxsiy hujjatlar to‘plami bilan tanishish,

Davlat fuqarolik xizmatchisi qonunchilikka muvofiq boshqa g‘uquqlarga ega bo‘lishi mumkin.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining sohasidagi majburiyatlari

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi,

O’z xizmat majburiyalarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob axloq qoidalariga, xizmatga oid  axborot bilan tshlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya qilishi,

 O’z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan (harakatsizlikdan), shk jumladan o‘z xizmat majburiyatlarini barayotganda har qanday shakldagi kamsitishdan, noxolislikdan yoki yeimgadir nisbatan alohida munosabatdabo‘lishdan tiyilishi,

O’z xizmat mavqeidan shaxsiy va boshqa g‘atsriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, shuningdek o‘x xizmat faoliyatiga, davlat organlari, ularning mansabdaor shaxslari va fuqarolarning faoliyatiga qonunga xildof ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymasligi,

Davlat sirlariniyki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi tadablarga rioya etishi, shuningdek o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida lingan mazkur ma’lumotlarni oshkor qilmasligi, shu jumladan davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugaganidan keyin oshkor etmasligi,

Qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari va mol-mulki to‘g‘risidagi deklaritsiyanit taqdim etishi,

Davlat mulkining but saklanishini ta’minlash, o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi,

O’zining kasbiy kompetensiyasini muntazzam oshirib borishi shart,

Davlat fuqarolik xizmatchisining zimmasila qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

  Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar

Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas

O’zaro yaqin qarindoshlarda yoki  qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-ona, aka-ukalari, opa-singallari, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalar, opa-singillari, va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysinishiga yoki uning nazorati ostida bo‘ladigagn davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga, tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishiga tadbirkorlik faoliyati sub’ektida tashkiliy – boshqaruv, ma’muriy xo‘jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo‘lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno,

O’zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostida yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo‘lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakilar orqali olshiga,

O’z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga,

Chet davlat fuqaroligini olishga,

O’zbekiston Respublikasidan tashqarida xisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta’lim olishi, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol mulk mustasno,

O’zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlairini ko‘zlab amalga oshirishga,

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan so‘ng tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi,

Davlat fuqarolik xizmatchisi shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan haq to‘lanadigan faoliyat turlari ro‘yxati korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat fuqarolik xizmati bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya  etmaganlik davlat fuqarolikxizmatchisining qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Davlat fuqarolik xizmatchisining javobgarligi

Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari( harakatsizligi),

Tugmani bosing Tinglash GSpeech