2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Buxoro viloyatida jami 6 691,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 100,8 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar 18,8 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar 53,5 % hamda norasmiy sektorlarda 27,6 % ni tashkil etdi.