Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 28 247,7 milliard so‘mni tashkil etdi. 2021- yilga nisbatan ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlarining o‘sish sur’ati 108,6 foizga yetdi va ularning umumiy hajmdagi ulushi 0,7 foizga oshib, 27,0 foizni tashkil etdi.