2022- yilning yanvar-avgust oylarida pochta va kuryerlik xizmatlarining yuqori o‘sishi Qashqadaryo (69,7 %), Namangan (48,2 %), Surxondaryo (42,8 %), Farg‘ona (36,7 %) viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (42,6 %) qayd etildi. Ushbu xizmatlar hajmining nisbatan biroz o'sishi Xorazm viloyatida kuzatildi – 5,0 %.
Hududlar kesimida pochta va kuryerlik xizmatlarining o‘sish sur’atlari, % da:
O‘zbekiston Respublikasi – 122,7
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 142,6
Andijon - 121,1
Buxoro – 112,6
Jizzax – 118,7
Qashqadaryo - 169,7
Navoiy - 123,5
Namangan – 148,2
Samarqand - 125,3
Surxondaryo – 142,8
Sirdaryo – 121,0
Toshkent - 110,1
Farg‘ona –136,7
Xorazm - 105,0
Toshkent shahri - 119,8.