🏢 Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, Buxoro viloyati bo'yicha 2022- yilning 1- noyabr holatiga sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 91 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
✅ 2022- yilning 1- noyabr holatiga ko'ra, ushbu sohada jami faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 811 tani tashkil etmoqda.
✅ 2022- yil yanvar-oktabr oylarida sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko'p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo'lgan hududlar:
🔷Buxoro shahri - 36 ta
🔷Buxoro tumani - 13 ta
🔷G'ijduvon tumani - 12 ta
🔷Vobkent tumani - 6 ta