08/11/2022

Ushbu yig'ilishda Davlat statistika qo'mitasi “Investitsiya va qurilish statistikasi” boshqarma boshlig'i M. Jamolov so'zga chiqib, uy-joylar kuzatuvini boshlashdan avval, intervyuyer mazkur O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2014 yil 9 iyundagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan (2020-yil 30-oktabrdagi 36-son qaror bilan o`zgartirishlar kiritilgan) “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlarini tashkil etish va o‘tkazish TARTIBI”, 1-TJ “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘g‘risida” so‘rovnoma va uni to‘ldirish bo‘yicha tushuntirishlar olib bordi.
Belgilangan interviyuer bilan tanlangan uyga brogan holda kuzatuv jarayonini yuqorida keltirilgan Tartibga to‘liq rioya qilinishini ta’minlanish , yani:
- uy egalariga hurmat bilan murojaat qilish, ularga nisbatan xushmuomala bo‘lish va so‘rov ixtiyoriy bo‘lishini ta’minlash, uy egalaridan olingan ma’lumotlarni sir saqlanishini ta’minlash;
- uy egalariga kuzatuvning maqsadi va vazifalarini aniq bayon qilish, maxsus so‘rovnomaga asosan xolisona va beg‘araz so‘rov o‘tkazish;
- so‘rov o‘tkazilayotgan shaxsning ruxsatisiz to‘ldirilgan so‘rovnomaga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritmaslik, so‘rovnomani qalbakilashtirishga yo‘l qo‘ymaslik;
- intervyuni tugatishdan avval, to‘ldirilgan so‘rovnomalarning to‘liqligini va sifatini tekshirish kerakligi tushuntirib o'tildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech