2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 22 897,7 mlrd. soʻmni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan-103,5 % oʻsish surʼatiga erishdi.
Buxoro viloyatida jami ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibini mahsulotlar turi boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta ulushga ega mahsulotlar turiga goʻsht (32,3 %), sabzavot (12,1 %), sut (11,2 %), shuningdek, meva va rezavorlar (9,2 %) ga toʻgʻri keldi.