2022- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Yangi avtomobil modellarini, sement, texnik gaz ishlab chiqarishni tashkil etish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kompleksi, paxta-to‘qimachilik va agroklaster tashkil etish kabi yirik investitsiya loyihalari natijasida ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 57,3 trln. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 30,1 % i o‘zlashtirildi.