2022- yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 11774,5 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,4 % oʻsish surʼatiga erishdi.
Buxoro viloyatida jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibi mahsulot turlari boʻyicha tahlil qilinganda, eng katta ulush goʻsht (39,4 %), sut (13,5 %), sabzavotlar (12,0 %) va don (10,9 %)ga toʻgʻri keldi.