2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston 15 ta davlatga qiymati 28,6 mln. AQSH dollariga 171 ming tonna piyoz eksport qilgan.
Piyoz eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,8 ming tonnaga kamaygan.
Oʻzbekiston piyoz mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 133,5 ming tonna
Rossiya – 17,2 ming tonna
Qirgʻiz R. – 10,8 ming tonna
Pokiston – 5,1 ming tonna
2022- yilning 9 oyida xorijga eng koʻp piyoz eksport qilgan hududlar:
Jizzax viloyati – 32,3 ming tonna
Xorazm viloyati – 24,1 ming tonna
Toshkent viloyati – 20 ming tonna
Samarqand viloyati – 19,6 ming tonna