2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 14,9 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 95,7 % ni tashkil etdi.O`zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi Respublika budjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,8 % punktga kamayib, 7,8 % ni tashkil etdi.