Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 882,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 106,3 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, Respublikada 2022-yil yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan benzin ishlab chiqarishda eng yuqori ulush Buxoro viloyatida kuzatilib (81,1 %) 715,8 ming tonnani tashkil etdi.