Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirish boʻyicha oʻzlashtirilayotgan investitsiyalar natijasida 1629 oʻringa moʻljallangan kasalxonalar ishga tushirilgan.
Ulardan 879 oʻringa moʻljallangan muassasalar qishloq joylarda faoliyat yuritmoqda.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida jami smenada 3425 ta qatnovga moʻljallangan ambulator-poliklinikalar ishga tushirildi. Shundan smenada 1625 ta qatnovga moʻljallangan muassasalar qishloq joylarda ishga tushirildi.