14/10/2022

2022- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 11 600 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur‘ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,8 foizni tashkil etdi. Shuningdek joriy yilda ushbu sohada 1 893 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 883 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar aks etgan:

Toshkent shahrida – 821 ta

Samarqand viloyatida – 167 ta

Farg‘ona viloyatida – 131 ta

Toshkent viloyatida – 109 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech