13/10/2022

2022- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda jami 46 162 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 034 taga ko‘paygan. Bundan tashqari shu  yilning yanvar-sentabr oylarida 641 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha joylashdi:

Toshkent shahri – 9 453 ta

Toshkent viloyati – 4 023 ta

Farg‘ona viloyati – 3 859 ta

Samarqand viloyati – 3 488 ta

Qashqadaryo viloyati – 3 449 ta

Andijon viloyati – 3 341 ta

Buxoro viloyati – 2 975 ta

Surxondaryo viloyati – 2 971 ta

Qoraqalpog‘iston Resp. – 2 497 ta

Namangan viloyati – 2 420 ta

Jizzax viloyati – 2 153 ta

Xorazm viloyati – 2 127 ta

Navoiy viloyati – 1 772 ta

Sirdaryo viloyati – 1 634 ta

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech