Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning avgust oyida yirik korxonalar tomonidan 2 390,8 ming m² gilam ishlab chiqarildi.
Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 22 994,3 ming m² gilam ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 109,5 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, Respublikada 2022- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan gilam ishlab chiqarish faqatgina Samarqand viloyatida kuzatilib ishlab chiqarish hajmi 22 994,3 ming m² ni tashkil etdi.